Bu futbolchi Gvardiolaning g‘azabini keltirdi

  • 2 iyun, 2024, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning eng kuchli hujumkor futbolchilaridan biri Jek Grilish 2021 yili yozda “Manchester Siti” safiga qo‘shilganidan buyon “shaharliklar” etakichisiga aylana olgani yo‘q.

Bu futbolchi uchun manchesterliklar “Aston Villa”ga 110 million evrodan ko‘proq pul to‘lagan edi. Bir necha yil davomida “Aston Villa”ning eng muhim o‘yinchisi bo‘lib kelgan Jek Grilish yangi jamoada bu rolni bajara olmayapti.

The Athletic nashrining yozishicha, yakunlangan mavsum davomida bosh murabbiy Xosep Gvardiola bir necha bor Grilishning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan, ba’zan esa g‘azabi jumbushga kelgan.

O‘tgan mavsumda Jek Grilishning statistik natijalari ham olayotgan maoshiga mos bo‘lgani yo‘q. Angliyalik futbolchi barcha turnirlarda 36 marotaba maydonga tushib, uchtadan gol va assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!