
Bu futbolchi Mbappening yo‘qligini bildirmaydi
“Pari Sen-Jermen” mutasaddilari Kilian Mbappening o‘rnini bosishga qodir hujumchi qidirish ishlarini boshlab yubordi. PSJga taklif etilishi mumkin bo‘lgan to‘purarlar ro‘yxatiga “Fiorentina” hujumchisi Dushan Vlaxovich ham kiritildi.
PSJ rahbariyati Kilian Mbappe o‘rnini birinchi navbatda, Erling Xoland egallashini istayapti. Biroq, transferlarga mas’ul bo‘lgan klub sport direktori Leonardo norvegiyalik hujumchining qimmatligi va unga xaridorlar ko‘pligini inobatga olib, arzonroq turadigan Dushan Vlaxovich nomzodini ma’qullayapti.
Vlaxovich o‘tgan mavsumda A Seriyada 37 ta uchrashuvda 21 ta gol urganidan keyin chempionatning eng yaxshi yosh o‘yinchisi bo‘ldi. 21 yoshli hujumchi 2018 yildan beri “Fiorentina” sharafini himoya qilmoqda.
To‘purarlik qobiliyatini namoyon qilayotgan Vlaxovichga “Manchester Siti”, “Arsenal” va “Yuventus” ham qiziqish bildiryapti.
Fikrlar