“Milan” rimliklardan himmat kutyapti

  • 13 may, 2022, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” rahbariyati ijara asosida o‘ynayotgan himoyachi Alessandro Florentsining transfer huquqini to‘liq sotib olishga qaror qildi.

Tecno

Asli “Roma”ga tegishli bo‘lgan o‘yinchining o‘zi ham milanliklar safida qolishni istayapti. Biroq, keyingi paytda Florentsi bir necha marotaba jarohat olgani transferga xalaqit qilishi mumkinligi aytilgandi.

Kelishuvga ko‘ra, “Milan” Italiya terma jamoasi o‘yinchisini o‘zida olib qoladigan bo‘lsa, poytaxtliklarga 4,5 million evro miqdorida badal puli to‘lashi kerak edi. Lekin klub mutasaddilari “Roma”ni bu narxni pasaytirishga ko‘ndirmoqchi.

Florentsi “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinoni qiziqtirmaydi. Shu bois, rimliklar milanliklarning iltimosini inobatga olishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!