Bu futbolchi MYu etakchisi bo‘ladi

  • 27 iyun, 2021, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yozgi transferlar vaqtida “Renn” yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Aslida angliyaliklar o‘tgan yili Jud Bellingemni olmoqchi bo‘lgandi. Lekin yosh futbolchi Sulsher jamoasidagi raqobat kuchliligini inobatga olib, “Borussiya”ga o‘tib ketdi va ayni paytda o‘z o‘yini bilan qator grandlar e’tiborini tortmoqda.

Bundan tashqari, manchesterliklar Pol Pogba bilan yangi bitimga kelisha olmayapti.  Kamavinga esa o‘z hamyurtining o‘rnini bosishi mumkin. Zotan, Frantsiya terma jamoasida ham Kamavinga Pogbaning o‘rinbosari hisoblanadi.

Eduardoning “Renn” bilan shartnomasi bir yildan keyin tugaydi. Shu bois, frantsiyaliklar yozda uni sotib yuborishga majbur.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!