
Bu futbolchi zaxirada qolib ketganini hazm qilolmayapti
“Bavariya” himoyachisiBenjamen Pavar jamoasining oxirgi ikki uchrashuvini zaxira o‘rindig‘ida boshlaganidan hayron bo‘lyapti.
Germaniyalik jurnalist Florian Plettenbergning ta’kidlashicha, Pavarning noroziliga jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsman futbolchiga asosiy tarkibga kiritmagani sabablarini tushuntirmagani sabab bo‘lgan.
Chempionlar ligasida “Barselona”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda Pavar 67-daqiqada o‘yinga qo‘shilib, raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi. “Maynts”ga qarshi bahsda ham Benjamin zaxiradan maydonga tushib, 45 daqiqa o‘ynadi.
Futbolchi jahon chempionatidan oldin etarli darajada o‘yin amaliyotisiz qolishdan xavotirga tushyapti.
Fikrlar