Bu futbolchini faqat katta summaga sotamiz!
Bundesliganing eng qudratli klubi “Bavariya” chap qanot himoyachisi Alfonso Devisni sotish variantini ko‘rib chiqmayapti va OAV xabarlariga qaramay, uni transferga qo‘ymagan.
Bu haqida Sky Sports nashri jurnalisti Kerri Xau xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, nemis grandi kanadalik futbolchi transferi bo‘yicha muzokaralarga faqat favqulodda katta taklif olgan taqdirdagina ochiq bo‘ladi.
Devisning o‘zi ham “Bavariya”ni tark etishni istamayapti. 25 yoshli himoyachi har mavsum uchun taxminan 20 million yevro maosh bilan eng ko‘p pul topayotgan futbolchilardan biri hisoblanadi.
Avvalroq jurnalist Kristian Falk Devisni “Manchester Yunayted” olishga harakat qilayotgani haqida xabar bergan edi.
Joriy mavsumda Devis barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va uchta golli uzatma qayd etdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 45 million yevro.

Fikrlar