Bu futbolchining xaridori ko‘payib ketdi
Germaniyaning “Shtutgart” klubida oʻynayotgan Anjelo Shtiller faoliyatini Yevropaning kuchli chempionatlari va top-klublarida davom ettirishi kutilmoqda.
Wettfreunde nashrining maʼlum qilishicha, 24 yoshli yarim himoyachini “Real”, “Manchester Yunayted”, “Liverpul”va “Bavariya” klublari oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtiryapti.
Turkiya grandlaridan “Fenerbahche va “Beshiktosh” ham Shtillergа uzoq muddatli shartnoma berishga tayyor.
“Shtutgart”ning futbolchi bilan shartnomasi 2028 yil iyun oyida tugaydi. Shtillerning bozor qiymati 45 million yevro, deb baholanmoqda. Iqtidorli yarim himoyachi Bundesliganing joriy mavsumida 25 ta oʻyinda ishtirok etib, bir gol va beshta golli uzatma qayd etgan.
Fikrlar