
Bu ham rekord: Muhammad Saloh hech kim uddalamagan natijaga erishdi
“Liverpul” qanot hujumchisi Muhammad Saloh Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) tomonidan yilning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi.
Misrlik to‘purar bu sovrinni uchinchi bor qo‘lga kiritdi va bu borada yangi rekord o‘rnatdi. Angliya Premer-ligasi tarixida professional o‘yinchilar hech qachon biror hamkasblarini uch marta bu sovringa loyiq ko‘rmagan.
“Liverpul”ning chempionligi bilan yakunlangan o‘tgan mavsumda Muhammad Saloh liga doirasida 38 ta uchrashuvda qatnashib, 29 ta gol va 18 assist muallifi bo‘ldi.
33 yoshli futbolchi to‘purarlar poygasida birinchi o‘rinni olishdan tashqari, chempionatda eng zo‘r assistent ham bo‘ldi.
2017 yildan beri “Liverpul” sharafini himoya qilib kelayotgan afrikalik hujumchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan.
Fikrlar