Bu holat "Real"da yangi mavsumda ham davom etadi
"Real" Madrid klubi yangi mavsumda ham futbolchi va murabbiylar maoshini kamaytiradi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” futbolchilari va rahbariyatining maoshi 30% ga qisqartiriladi. Bu qaror klubning oddiy ishchilariga tegishli emas.
Aytish lozimki, “Real” ham ko‘plab jamoalar singari koronavirus pandemiyasi tufayli katta moliyaviy zarar ko‘rmoqda. Maoshlarning qisqartirilishi esa ushbu zararlar miqdorini kamaytirishi mumkin.
Fikrlar