Bu ikki yulduzni hech qachon o‘ynatmayman!

  • 13.09.2025 12:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” bosh murabbiyi Entso Mareska jamoaning eng mashhur futbolchilaridan Rahim Sterling va Aksel Disasi kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorini o‘zgartirmasligini ta’kidladi.

Gap shundaki, “aristokratlar” bu ikki o‘yinchini transferga qo‘ygan. Yozgi transferlar oynasi davrida ularni hech kim so‘ramadi.

Ayni paytda Sterling ham, Disasi ham jamoadan alohida, individual tarzda mashg‘ulot o‘tayapti. Bundan tashqari, Entso Mareska ularni mavsum boshlanganidan beri ko‘rgani yo‘q.

Jurnalistlar bosh murabbiydan hujumkor futbolchi va markaziy himoyachining kelajagi qanday bo‘lishini va ularni jamoaga qaytarish rejasi haqida so‘radi.

-  Mening jamoamda ularga joy yo‘q, - deb vaziyatga oydinlik kiritdi Entso Mareska.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!