Bu ish “Barsa”ning qo‘lidan kelmaydi!

  • 18 dekabr, 2021, 22:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga prezidenti Xaver Tebas “Borussiya” hujumchisi Erling Xoland “Barselona”ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

- “Barselona” moliyaviy nazorat va futbolchining narxi tufayli Xolandni o‘z safiga qo‘shib ololmaydi. Ko‘p narsa bo‘lishi mumkin, lekin Mino Rayola futbolchini qimmatga sotadigan agent. Uning mijozlari juda qimmat turadi, - dedi Xaver Tebas.

Bugungi kunda norvegiyalik to‘purarning transfer summasi 150 million atrofida baholanmoqda. Aslida shartnomadagi band bo‘yicha futbolchini 75 million evroga xarid qilish mumkin.

Biroq, transfer amalga oshishi uchun uning agenti Rayolaga 40-50 million, otasiga 20 million evro miqlorida bonus ajratish sharti bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!