Bu ishni faqat Xoland uddaladi

  • 10.03.2021 09:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya” hujumchisi Erling Xoland Evropa chempionlar ligasining 1/8 final javob uchrashuvida “Sevilya” darvozasini ikki marta aniq nishonga olib, jamoasiga 2:2 hisobida durang keltirdi. Birinchi o‘yinda 3:2 hisobida zafar quchgan dortmundliklar keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Muhimi, norvegiyalik hujumchi Evropa chempionlar ligasi tarixida 20 ta gol urish uchun eng kam vaqt va o‘yin sarflagan futbolchiga aylandi. Erlingga bu marrani zabt etish uchun atigi 14 ta uchrashuv kifoya qildi.

Avvalgi rekord “Tottenxem” yulduzi Harri Keynga tegishli bo‘lib, u raqiblar darvozasini 20 marta ishg‘ol qilish uchun 24 ta bahsda maydonga tushishiga to‘g‘ri kelgan. Uchinchi o‘rinda qayd etilgan “Yuventus” afsonasi Alessandro Del Pero Chempionlar ligasidagi dastlabki 20 ta golini 26 ta o‘yinda kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
13/03/2021 23:26
Ҳолланд янги даврни бошлайдиган футолчи булиб куринмоқда
&
Турсун Ғани
13/03/2021 23:32
Криштияну Роналду ва Лео Мессилар ўз фаолиятини якунласа бир кун. Мухлислар яна 2 футболчи бахсини куриши мумкин менимча булар Мбаппе ва Холланд