Bu jamoa Bundesligada o‘ynashni 120 yil kutdi
“Elversberg” jamoasi Germaniya ikkinchi divizionining vitse-chempioniga aylandi va tarixida ilk bor Bundesligaga yo‘llanma oldi.
Buning uchun jamoaga o‘z maydonida “Proyssen” ustidan 3:0 hisobidagi yirik g‘alaba yetarli bo‘ldi. Shu tariqa, “Elversberg” 62 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalidа ikkinchi o‘rinni kafolatladi.
Ta’kidlash joizki, klub 1907 yilda tashkil etilgan va yuqori diviziongа qarib 120 yil deganda yo‘llanma olishni uddaladi.
Eslatib o‘tamiz, Ikkinchi Bundesliga chempioni “Shalke 04” bo‘ldi. Gelsenkirxenliklar ikkinchi o‘rindan sakkiz ochkoga ilgari lab ketgan.
“Paderborn” Germaniya elit divizionida o‘ynash huquqi uchun “Volfsburg”ga qarshi bahs olib boradi. “Bo‘rilar” Bundesligada 16-o‘rinni egallagan bo‘lsa, ularning bo‘lajak raqibi Germaniya ikkinchi divizionida uchinchi pog‘onada yakunladi. Kelasi mavsum yuqori divizionda qaysi jamoa o‘ynashi har ikki klub o‘zaro raqobatda aniqlaydi.

Fikrlar