Bu jamoa “Real”dan ham, “Barselona”dan ham zo‘r!

  • 10.11.2020 19:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus”da ijara asosida to‘p surayotgan Alvaro Morata o‘zi tegishli bo‘lgan “Atletiko” Ispaniyada chempion bo‘lishiga ishonishini bildirdi.

- Men doim “Atletiko” futbolchisi bo‘lib qolaveraman. O‘zingni katta futbolga olib kirgan jamoani unuta olmas ekansan. Men bu klubdan minnatdorman. Biroq, yana bu jamoaga borishimni bilmayman. “Matraschi”lar chempion bo‘lishiga umid qilaman. Men uchun bu jamoa “Real”dan ham, “Barselona”dan ham zo‘r!, - dedi Alvaro Morata.

Alvaro Morata 2005-2007 yillar davomida “Atletiko” akademiyasida futbol sir-asrorlarini o‘rgangan. Keyinchalik boshqa jamoalarda porlagan hujumchi 2019 yilda “Chelsi”dan yana “Atletiko”ga qaytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!