Bu jamoadan mag‘lubiyat Anchelottining “Real”dagi faoliyatiga nuqta qo‘yadi

  • 15 dekabr, 2024, 15:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi “Real” Qit’alararo kubok finalida Meksikaning “Pachuka” jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

18 dekabr kuni Qatarda tashkil etiladigan ushbu bahs madridliklar ustozi Karlo Anchelotti uchun muhim ahamiyat kasyu etadi.

Relevo nashrining ma’lum qilishicha, finaldagi mag‘lubiyat Anchelottining “Real” bosh murabbiyligidan ayirishi mumkin.

Shunga qaramay, italiyalik mutaxassis va futbolchilar jamoalar hozirgi murakkab vaziyatdan chiqish yo‘li topilishiga ishonch bildirmoqda.

Aslida “Qirollik klubi” anchadan beri Karlo Anchelotti o‘rniga boshqa murabbiy qidirayotgani sir emas. Klub xo‘jayinlari jamoani doimiy tarzda boshqarishni “Bayer”da ishlayotgan Xabi Alonsoga topshirmoqchi. Bundan tashqari, klub agar italiyalik mutaxassis mavsum davomida iste’foga chiqarilsa, uning o‘rnini vaqtincha boshqaradigan murabbiy ham topib qo‘ygan.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!