Bu masalada Yamalga hech kim yetolmadi
Statistika ekspertlarining ma’lum qilishicha, 18 yoshli futbolchi “top-5” liga o‘yinchilari orasida samarali driblinglar bo‘yicha peshqadamga aylangan. Lamin Ispaniya va Yevropa miqyosidagi o‘zi qatnashgan uchrashuvlarda jami 524 ta urinishdan 285 tasida raqiblarini aldab o‘tib keta olgan.
O‘tgan mavsum “Baselona”ning Ispaniya chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan Lamin Yangi yangi chempionatda ham o‘zining mazmunli o‘yinlari bilan ajralib turibdi.
Joriy mavsumning birinchi yarmida Yamal barcha turnirlarda 20 ta o‘yinda qatnashib, 9 ta gol va 11 ta golli uzatma qayd etgan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 200 million yevroni tashkil etadi va u jahondagi eng qimmat o‘yinchilardan biri hisoblanadi. 2025 yilning iyul oyida 18 yoshga to‘lgan Lamin Yamal “Barselona” bilan 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan olti yillik yangi shartnoma imzoladi.
Fikrlar