Grand klublar bir futbolchini kutmoqda
“Leyptsig” mutasaddilariga frantsiyalik yarim himoyachi Kristofer Nkunkuni ushlab qolish juda qiyin bo‘ladi.
24 yoshli hujumkor futbolchi Bundesligani tark etish istagini bildirganidan keyin uning xaridorlari keskin ko‘payib ketdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda “Chelsi”, “Milan”, “Manchester Yunayted” va “Barselona” sermahsul o‘yinchi uchun raqobat olib boryapti. Nkunkuni tarbiyalagan PSJ ham uni ortga qaytarishga harakat qilmoqda.
“Leyptsig” mutasaddilari Nkunkuni qo‘yib yubormoqchi emas. Ular o‘yinchining yana ikki yillik shartnomasi borligiga tayanmoqda. Biroq, 100 million evro miqdoridagi taklif ularning fikrini o‘zgartirishi mumkin.

Fikrlar