Bu safar Ronaldu Messini ortda qoldirdi

  • 11 iyul, 2023, 20:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Reddit" portali sahifalarida qiziqarli infografika chop etildi. Portal Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasiga (IFFHS) tayanib, penaltidan urilgan gollar bo‘yicha tarixdagi eng yaxshi futbolchilar jadvalini tuzdi.

Tecno

Birinchi o‘rinni Krishtianu Ronaldu egallagan bo‘lib, u klublari va terma jamoasi uchun 151 marta penaltidan gol urgan. Keyingi o‘rinlardan braziliyalik Romario (114 ta gol), niderlandiyalik Ronald Kuman (113), argentinalik Lionel Messi (108) va italiyalik Roberto Badjo (100) joy olgan.

Krishtianu ayni damda Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi sharafini himoya qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!