Bu safar Superkubok "Zenit"ga nasib etdi. Piterliklar joriy mavsum trebl qayd etishdi (video)

  • 8 avgust, 2020, 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvadagi “VEB Arena”da Rossiya Superkubogi bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi chempion va kubog g‘olibi hisoblangan “Zenit” premer-ligada 2-o‘rinni egallagan “Lokomotiv”ga qarshi bahs olib bordi. Dzyuba va Ozdoevning gollariga “temiryo‘lchilar”dan faqatgina Chorluki o‘z goli bilan javob qaytardi. Yakuniy hisob 2:1. Shu tariqa, “Zenit” mavsumdagi 3-sovrinini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, o‘tgan mavsum Superkubokda ham “Zenit” va “Lokomotiv” o‘zaro bahs olib borgan edi. O‘shanda g‘alaba moskvaliklarga nasib etgan edi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!