Bu soʻnggi taklif! "Real" Vinisiusga ultimatum qoʻydi
«Real»rahbariyati braziliyalik hujumchi Vinisius Zhunior bilan shartnomani uzaytirish masalasini yana cho‘zib o‘tirish niyatida emas.
Marca nashri xabariga ko‘ra, madridliklar futbolchi atrofidagi odamlarga yangi shartnoma bo‘yicha so‘nggi taklif allaqachon berilganini ma’lum qilgan.
Klub maoshni yana oshirish yoki muzokaralarni yangi bosqichga olib chiqishni rejalashtirayotgani yo‘q.
«Real» braziliyalik futbolchi uchun jamoadagi mavjud maosh tizimini o‘zgartirishga va uni eng katta mablag‘ oladigan o‘yinchiga aylantirishga tayyor emas.
Agar Vinisius taklifni rad etsa, klub uni yozgi transfer oynasining o‘zida sotish variantlarini ko‘rib chiqadi. Hozirda 26 yoshda bo‘lgan futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar