
Bu tur "Nasaf" bilan o‘ynaydigan "Neftchi" lageridan daraklar
Xabaringiz bor, Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan holda "Neftchi" murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan rejaga ko‘ra, 10 iyun kuni o‘rtoqlik-nazorat uchrashuvida ishtirok etgan jamoa a’zolari bir kunlik ta’tilga chiqqan edi.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolilar "Nasaf"ga qarshi bo‘lajak bahsga tayyorgarlikni davom ettirish uchun Qirgulidagi qarorgoh stadionida yig‘ilib, mashg‘ulotlarga kirishdilar. Ilhom Mo‘minjonov boshchiligidagi farg‘onaliklar kuniga 2 mahal shug‘ullanmoqda.
Fikrlar