
Buffon faoliyatini yakunlamoqchi emas
PSJ klubi darvozaboni Janluiji Buffon mavsum yakunlangach faoliyatini tugatmoqchi emas. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra agar parijliklar 41 yoshli italiyalik posbon bilan shartnomani uzaytirishni xohlashmasa, u boshqa klublarning taklifini ko‘rib chiqishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Buffon joriy mavsum PSJ safida 24ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 22ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar