Buffon: Hozir o‘ynashim kerakligini his qilyapman

  • 19 dekabr, 2019, 19:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi darvozaboni Janluiji Buffon turinliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchiligi haqida tarqalgan xabarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

“Hozir ketishim noto‘g‘ri. Men o‘ynashim kerakligini his qilyapman. Bu qancha davom etishi mumkin? Kamida iyungacha”, - deydi 41 yoshli posbon.

Eslatib o‘tamiz, Buffon bir yillik tanaffusdan so‘ng “Yuventus”ga erkin agent sifatida qaytib kelgan edi. U joriy mavsum 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va shulardan 1 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!