Buffon Tokio olimpiadasida ishtirok etmoqchi

  • 7 iyun, 2019, 16:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik afsonaviy darvozabon Janluiji Buffon faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 41 yoshli posbon yana kamida bir mavsum o‘ynab, Italiya terma jamoasi bilan Tokio olimpiadasida ishtirok etmoqchi. U Italiya olimpiya terma jamoasi safida birinchi raqamli darvozabon bo‘lishiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Buffon kuni kecha PSJni erkin agent sifatida tark etgan edi. Bundan avvalroq esa unga “Barselona”dan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!