Bugun 5 nafar bokschimiz "Elorda kubogi"da ringga ko‘tariladi

  • 30.06.2023 09:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘iston poytaxti Astana shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi "Elorda kubogi" musobaqasi davom etmoqda. 

Bugun musobaqa doirasida 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z janglarini o‘tkazadi. 

Kun davomida quyidagi bokschilarimiz ringga ko‘tarilishadi: 

-92 kg: Nusratbek Tohirov - Togambay Sagindik (Qozog‘iston)

-60 kg: Dilshod Abdumurodov - Jexen Bibaris (Qozog‘iston)

-60 kg: Mirkomil Saytoxunov - Beknur Ojanov (Qozog‘iston)

-80 kg: To‘rabek Xabibullaev - Tanglaytan Toxtarbay (Xitoy)

-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Ilya Kissilev (Qozog‘iston)

Janglar Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. O‘zbek bokschilari ishtirokidagi bahslar taxminan 14:40 dan so‘ng start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!