Bugun Antaliyada Markaziy Osiyo derbisi bo‘lib o‘tadi
"Paxtakor" "Qayrat"ga qarshi Markaziy Osiyo derbisida ishtirok etadi.
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida olib borayotgan Toshkentning "Paxtakor" klubi navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga chiqadi. Raqib anchagina jiddiy. Bu mavsumda Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasida Qozog‘iston sharafini himoya qilgan "Qayrat" bugun "sherlar"ga qarshi bahs olib boradi. Bu ikki jamoaning o‘zaro so‘nggi 5ta uchrashuviga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ustunlik "Paxtakor" tomonida bo‘lib turibdi. 4 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat. Oxirgi uchrashuv 2023 yilda bo‘lib o‘tgan va unda "sherlar" minimal hisobda g‘alaba qo‘zongan edi. 
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi.
Fikrlar