Bugun Ekaterinburg "Katta dubulg‘a" turniri boshlanadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Rossiyaning Ekaterinburg shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" tasnifiga kiruvchi yirik turnir start oladi. Musobaqa Tokio Olimpiadasiga katta reyting ochkosini bergani bois o‘zida sayyoramizning eng kuchli dzyudochilarini jam qilgan.

MOQning ma’lum qilishicha, turnirda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishmoqda. Bugun reglamentga ko‘ra, engil vazn toifasida bahslar o‘tkazilib, unda 5 nafar polvonimiz medallar uchun kurashadi. Musobaqaning birinchi kunida bahslarga kirishadigan vakillarimiz va ularning dastlabki raqiblari quyidagicha:

-60 kg: Diyorbek O‘razboev - David Pulkrabek (Chexiya) birinchi bosqich
Kemran Nurillaev - Mixrach Akkush (Turkiya) birinchi bosqich
-66 kg: Artyom Shturbabin - Ismail Chasigov Rossiya) birinchi bosqich
Muhriddin Tilovov - Pavel Petrikov (Chexiya) birinchi bosqich
-52 kg: Diyora Keldiyorova - Sara Menezes (Braziliya) birinchi bosqich

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!