Bugun eng qiziqarli va shiddatli bo‘lishi kutilayotgan o‘yinlar

  • 30 sentabr, 2019, 15:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun sentyabr oyining oxirgi kuni. Ushbu kunda bo‘lib o‘tadigan eng qiziqarli o‘yinlar haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Tecno

AGMK - "Nasaf"

Avvaliga o‘zimizning Superligamizdan boshlaymiz. O‘zbekistonning eng kuchli taktik o‘yin namoyish etadigan jamoalari o‘zaro to‘qnashadi. Ikkala jamoa ham bugun faqat g‘alaba uchun maydonga tushadi.

"Nasaf" klubi chempionatda ikkinchi o‘rin uchun kichik bo‘lsada imkoniyati bor va shu pog‘onaga ko‘tarilish uchun jiddiy kurash olib borishi tayin. AGMK garchi 11-o‘rinda bo‘lsa-da, o‘yin sifati yuqori darajada.

 

"Xorsens" - "Esberg"

Daniya chempionati 11-turining so‘nggi uchrashuvi. Ushbu Ligada 14 ta klub qatnashadi. "Xorsens" va "Esberg" klublari 12 va 13-o‘rinda borishmoqda. Aslida ikkala jamoa ham Daniyaning yaxshi jamoalari hisoblanadi. Ikkala jamoa ham kutilmagan mag‘lubiyatlarni qabul qilib, pastgi o‘rinlarda borishmoqda. Ushbu bellashuvda kim g‘olib bo‘lishini oldindan taxmin qilish qiyin va o‘yin sifati ikkala jamoada ham mavsum startida ko‘ngildagidek kechmayapti.

 

"Manchester Yunayted" - "Arsenal"

Angliya Premer-Ligasining eng qiziqarli bahslaridan biri. APLning ikkita top jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadigan uchrashuvni butun er sayyorasida qiziqish bilan kuzatishadi. "Arsenal" 6 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta g‘alaba, 2 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat bilan turnir jadvalining 8-pog‘onasidan joy olib turibdi. MYu esa 6 ta bellashuvning 2 tasida g‘alaba, 2 tasida durang va yana 2 tasida mag‘lubiyat alamini tortib, 11-o‘rinni egallab turibdi.

 

"Goyas" - "Kruzeyro"

Braziliya chempionatida 20 ta klub ishtirok etadi. Hozirda 22-tur o‘yinlari davom etmoqda. Ushbu turda "Goyas" klubi o‘z uyida "Kruzeyro"ni qabul qiladi. Braziliyaning ikkita ko‘zga ko‘ringan jamoalari o‘rtasidagi bellashuv shiddatli kechishi kutilmoqda. Ammo, ortda qolgan 21 ta uchrashuvdan so‘ng, ikkala jamoa ham ijobiy natijalarni qayd etdi deb bo‘lmaydi. "Goyas" ham, "Kruzeyro" ham 10 tadan mag‘lubiyatga uchrashga ulgurishgan. Faqat, farq shundaki "Goyas"da 8 ta g‘alaba va 3 durang bor.

"Kruzeyro"da esa 4 ta g‘alaba, 7 ta durang mavjud. Ko‘pchilik "Goyas"ning g‘alabasiga ishonmoqda, ammo "Kruzeyro" o‘z o‘yinini namoyish eta olsa, har qanday raqibni yanchib tashlashi mumkin.

 

"Independente" - LDU "Kito"

Ekvadorning ikkita eng kuchli jamoasi deb bemalol aytish mumkin. Ammo joriy mavsumni boshqa klublar ham yuqori tempda o‘tkazishdi va yuqoridagi ikkita klub, har qachongidan ko‘ra ko‘proq qiyinchilikga uchrashmoqda. Ekvadorda jamoalar 27 tadan bahsni o‘tkaziib bo‘lishdi, lekin "Independente" 25 ta turni o‘tkazdi. Jamoa 48 ochko bilan 5-o‘rinni band etib turibdi va bugun 26-turda o‘z kuchini sinab ko‘radi. LDU "Kito" ham 27 ta emas, balki 26 ta uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu jamoa hisobida 42 ochko bor va turnir jadvalida 7-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!