
Bugun Ernesto Valverde "Barselona"dan ketadi
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde bugun iste’foga chiqadi. Bu haqda RAC 1 xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, murabbiyning ketishi bugun e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq kataloniyaliklar ushbu lavozimga Ronald Kuman (Gollandiya terma jamoasi), Erik ten Xag ("Ayaks") va Massimiliano Allegri (ishsiz) kabi mutaxassislar nomzodini ham ko‘rib chiqishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar