Bugun futbol va futzal terma jamoalarimiz o‘zaro kuch sinashadi. Kirish bepul!

  • 24 fevral, 2021, 10:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun 18:00 da poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida futbolimiz va sportimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan davlat arbobi Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda futbol va futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘zaro to‘p surishadi. Ushbu o‘yinga kirish mutlaqo bepul!

Kunning salqin bo‘lishi muxlislarga noqulaylik tug‘dirmaydi. Sababi, uchrashuv usti yopiq maydonda bo‘lib o‘tadi va isitish moslamalari ishlaydi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!