Bugun "Gubernator kubogi" turnirida ikki nafar bokschimiz ilk jangini o‘tkazadi

  • 19.04.2021 16:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, bugun Sankt-Peterburgda "Gubernator kubogi" turniri start oladi. Tabiiyki, ushbu o‘ziga xos nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham kuchli tarkib bilan ishtirok etadi. 

Bugungi kun dasturidan ikki nafar vakilimizning janglari o‘rin olgan. 

-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Muhammed Hassamuddin (Hindiston) (taxminiy boshlanish vaqti: 18:15)

-75 kg: Fanat Qahramonov - Vitaliy Bondarenko (Belarus) (taxminiy boshlanish vaqti: 21:40 dan so‘ng)

(Boshlanish vaqtlari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan)

Shu o‘rinda mazkur janglarda hamyurtlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Manba: O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!