Asosiy mazmunga oʻtish

Bugun "Humo" OXL - "Buyuk ipak yo‘li kubogi"dagi debyut uchrashuvini o‘tkazadi

Shahzod
Izohlar: 0

Xabaringiz bor, joriy yilgi mavsumdan Toshkentning "Humo" klubi Oliy xokkey ligasida ishtirok etadi.

Evgeniy Popixin shogirdlari bugun o‘zlarining mazkur musobaqadagi dastlabki o‘yinlarini o‘tkazishadi. Ularga "Ryazan" klubi raqiblik qiladi. Bo‘lajak bahs "Humo-Arena" muz saroyidasoat 19:30 da bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar muxlislar uchun uchrashuv oldidan DJ Petishka ijod na’munalaridan tanishish imkoniyatini yaratishni va’da qilishgan.

Ma’lumot uchun, "Ryazan" Toshkentga kelgunga qadar Moskvaning "Zvezda" (0:2) va Novokuznetskning "Ximik" (2:3, overtaymda) jamoalariga qarshi bahs olib bordi va har ikkisida mag‘lubiyatga uchradi.

"Humo" esa mazkur bellashuvdan so‘ng 13 sentyabr kuni "Bars" bilan, oradan ikki kun o‘tib esa "Torpedo-Gorkiy" bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, toshkentliklar o‘tgan yakshanba kuni Amir Temur hiyobonida yangi xokkeychilarning tanishtiruv marosimini o‘tkazishgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q