
Bugun Janubiy Koreyada "o‘zbek derbisi" bo‘ladi (foto)
Xabaringiz bor, kechadan Janubiy Koreya K Ligasida 1-tur o‘yinlari start oldi. Bugun esa ikkinchi kungi bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, muxlislar 1-tudayoq "o‘zbek derbisi"ga guvoh bo‘lishadi. Aniqrog‘i, Rustam Ashurmatovning "Gvangju" klubi Jamshid Iskanderovning "Seongnam" jamoasi bilan bahs olib boradi.
Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadigan mazkur bellashuv onlayn translyatsiyasini o‘yin boshlanishiga 30 daqiqa qolganida saytimiz orqali havola etamiz.
K Liga. 1-tur
15:00 "Gvangju" - "Seongnam".
Fikrlar