Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchilar klublarida navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazadi.

"Fotih Karagyumryuk" - "Istanbul Bashakshehir"

Bugun Turkiya kubogining 3-tur uchrashuvlari start oladi. Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev to‘p tepayotgan "Istanbul Bashakshehir" safarda "Fotih Karagyumryuk" jamoasi mehmoni bo‘ladi. "A" guruhida istanbulliklar ikki o‘yinda bir g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan holda, 4-o‘rinni egalab turibdi. "Karagyumryuk" esa ikki uchrashuvda ham murosa ko‘chasini tanlagan va 5-pog‘onani band etgan. Jamoalarning Turkiya Superligasidagi holatiga qaraydigan bo‘lsak, "Bashakshehir" ortda qolgan 20-turdan so‘ng 30 ochko jamg‘argan holda, 6-o‘rindan joy olgan. Fotih shahi vakillari esa 20ta o‘yinda 9 ochko to‘plagan holda jadvalning eng so‘nggi pog‘onasini egalab turibdi. 

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:30da start oladi.

"Manchester Siti" - "Nyukasl"

Angliya Liga kubogining yarim final javob uchrashuvida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Nyukasl"ga qarshi maydonga tushadi. Bu ikki jamoaning dastlabki bahsida "shaharliklar" 2:0 hisobida raqibdan ustun kelgan va final uchun katta qadam tashlagan edi. Manchesterliklar safida hamyurtimiz Abduqodir Husanov ketma-ket 8ta uchrashuvdan buyon asosiy tarkibda maydonga tushib kelyapti va katta ehtimol bilan bugungi uchrashuvni ham boshlang‘ich tarkibda boshlaydi. Ikki jamoaning so‘ngi 5ta uchrashuviga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning uchtasida "shaharliklar" g‘alaba qozongan. Bitta uchrashuv esa "Hakkalar" foydasiga hal bo‘lgan. Yana bitta uchrashuvda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlagan edi. 

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!