Bugun Masharipov, Shomurodov, Fayzullaev va yana 5 nafar legionerimiz o‘ynaydi

  • 29 oktabr, 2023, 12:32
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi.

Bugun Italiya A Seriyasi 10-tur o‘yinlari davom ettiriladi. "Kalyari" o‘z uyida "Frozinone"ni qabul qiladi. Uchrashuv 16:30da start oladi. Eldor Shomurodov qaydnomada bor va jamoasiga yordam berishga tayyor.

Gretsiya Superligasi.

Bugun Gretsiya chempionati 9-turi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Yaqinda "Panserraykos"ga ko‘chib o‘tgan legionerimiz Jaloliddin Masharipov yangi jamoasi safida debyut qilishi mumkin. "Panserraykos" safarda "Panatinakos" bilan bellashadi. Uchrashuv 22:30da start oladi. 

Qozog‘iston chempionati.

Bugun Qozog‘iston chempionatida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Legionerlarimiz Bobir Abdixoliqov va Shahboz Umarov bu turda "Aktau" mehmoni bo‘ladi. Bellashuv 16:00da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, Shimkent klubi joriy o‘tgan turda chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. 

RPL.

Bugun RPL 13-turi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur turda Abbsrbek Fayzullaev o‘ynayotgan TsSKA "Krasnodar"ni mehmon qiladi. Uchrashuv 21:30da start oladi. 

Tailand chempionati.

Bugun Tailand chempionati 9-turidan o‘rin olgan "Buriram Yunayted" - "Patum Yunayted" bahsi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 16:00da boshlanadi. Jamoasining asosiy hujum quroliga aylangan Igor Sergeev mazkur o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.

Turkiya chempionati.

Bugun Turkiya Superligasi 10-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Legionerimiz Otabek Shukurov jamoasi "Fatix Karagyumryuk" o‘z uyida "Trabzonspor"ni qabul qiladi. Uchrashuv 18:00da start oladi.

Bundan tashqari "Eyupspor"da to‘p tepadigan vakilimiz Jahongir O‘rozov jamoasi "Bandirmaspor" bilan kurashadi. Bu o‘yin 21:00da boshlanadi.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
29/10/2023 13:30
Futbol uchrashuvlari natijalarini ham tezkor va tõliq holatda yozsangiz!
&
Olim
29/10/2023 13:29
Iltimos futbolchilar qaysi davlatning qaysi jamoasida õynayotgani haqidagi ma'lumotlarni tõliq yozing!