
Bugun Nursulton Ro‘ziboev jang qiladi yoxud uning jangi SPORT TV kanalida jonli ravishda efirga uzatiladi
Yurtimiz MMA olamining eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Nursulton Ro‘ziboev Bahrayn promousheni “Brave FC” bilan shartnoma imzolagani va bu promoushendagi ilk jangini bugun o‘tkazishi haqida xabar bergandik.
Unga dastlab, UFC sobiq vakili shvetsiyalik Andreas Stal raqiblik qilishi kerak edi. Biroq, ba’zi sabablarga ko‘ra, raqib o‘zgargan va endi yurtdoshimiz frantsiyalik Ibrohim Manega qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Kecha, ushbu jang oldidan ko‘z urishtirish va vazn o‘lchash marosimi o‘tkazildi. Bugun, hamyurtimiz o‘zining yangi promoushenidagi debyutini o‘tkazadi. Mazkur jangni SPORT TV jonli ravishda efirga uzatishni rejalashtirgan. Toshkent vaqti bilan soat 20:30 dan ushbu turnirni tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar