Ro‘ziqul Berdiev: "Abduvohidni so‘ksangiz ham, urishsangiz ham foydasi yo‘q, unga ta’sir qilmaydi (To‘liq matbuot anjumani)

  • 28 sentabr, 16:21
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Elit Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Al-Hilol" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bugun o‘yindan oldin ikkala jamoa bosh murabbiylari va futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Dastlab, "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiev jurnalistlarning savollariga javob berdi.

"Avvalambor, assalomu alaykum, xayrli kech. "Al-Hilol" bilan bo‘ladigan o‘yin barcha uchun qiziq. Bu o‘yin haqida ko‘p gapirilyapti, hamma bahsni kutyapti. O‘ylaymanki, ertaga stadionimizda ajoyib muhit bo‘ladi. Kuchli jamoa bilan munosib o‘ynashga va muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Buning uchun bor mahoratimizni, bor kuchimizni ishga solamiz. Ishtiyoq, xohish bo‘lgan joyda natija ham yaxshi bo‘ladi. 

Har bir o‘yindan oldin raqibni o‘rganib chiqamiz. "Al-Hilol"ga ta’rif berishim shart emas. O‘z siyosati, transferlari bilan butun dunyoga tanilib boryapti. Oxirgi o‘yinlarini ko‘rib, bu haqda yigitlarga kerakli ko‘rsatmalarni etkazdik. 

Raqibimiz individual juda ham kuchli futbolchilarga ega. Biroq oxirgi o‘yinlari ko‘rsatdiki, ularda ham muammmolar topiladi.

 "Al-Hilol"ning burchak zarbalari, standartlardan foydalanishini yaxshi bilamiz. Ertaga "Nasaf" bunga qanday choralar ko‘radi?

Standartlar futbolda juda ham muhim. Biroq standartlaridan ko‘ra, tezkor qarshi hujumlari juda ham xavfli. "Al-Ahli" bilan o‘yinida ularni tahlil qilib chiqdik. O‘sha o‘yinda ham 3 ta golning barchasini qarshi hujumdan kiritdi.

Raqib safida Al-Dovsari, Darvin Nunez kabi futbolchilar kelmagan. "Nasaf"da ham jarohatlanganlar bormi?

"Al-Hilol"ning tarkibi qanday kengligini bilasiz. Ularning o‘rnini to‘ldiradigan, bilintirmaydigan o‘yinchilar juda ko‘p. Nafaqat legionerlar, balki Saudiya terma jamoasi a’zolari bor. Biz bu haqda o‘ylamay, o‘z o‘yinimizni qilishimiz kerak.

Bizda ham yo‘qotishlar bor. Barchasini aytib o‘tmoqchi emasman. Lekin bu haqda ham o‘ylayotganim yo‘q. 

"Nasaf" ertaga qanday taktikada o‘ynaydi?

Ertaga taktika bitta bo‘lishi kerak, ishtiyoq yuqori bo‘lishi kerak. O‘yinimizda tartib bo‘lishi kerak. Menimcha eng yaxshi taktikamiz shu bo‘ladi.

Abduvohid Ne’matovning ruhiy holati haqida gapirib o‘tsangiz. U "Al-Ahli"ga qarshi o‘yinda kutilmagan xatolarga yo‘l qo‘ygan edi. 

Abduvohidni so‘ksangiz ham, urishsangiz ham foydasi yo‘q, unga ta’sir qilmaydi. U bir xilda. Abduvohid molodets, ruhan juda kuchli yigit. Menimcha har bir o‘yinga tayyorgarligini o‘zi biladi. Unga kiyinish xonasida hech qanday tanbeh bermadik. Jamoa yo‘tqazganini tan oldik. 

Buyog‘iga jamoa ham, Abduvohid ham bu xatolarni qilmasligi kerak. Raqiblar shu darajada kuchliku, bitta xatoga golga olib keladi.

 

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!