Bugun O‘zbekiston amputantlar terma jamoamiz Italiyaga qarshi yarim final uchun kurashadi
Ayni paytda Turkiyada amputantlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Bugun vakillarimiz chorak final bosqichi doirasida Italiyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv birozdan so‘ng 16:00 da boshlanadi.
Avvalroq, hamyurtlarimiz nimchorak finalda Kolumbiyani mag‘lub etgandi. Unda 4:1 hisobi qayd etilgan.

Fikrlar