
Bugun O‘zbekiston hal qiluvchi o‘yinda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi
Bugun O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U17 Jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi 3-uchrashuvini o‘tkazadi. Mazkur o‘yinda futbolchilarimizga ispaniyalik tengqurlari raqiblik qiladi.
Ushbu bahsda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa to‘q sariq libosda harakatlanadi. Uchrashuvni ekvadorlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Ispaniya o‘yini soat 14:00 da start oladi.
Fikrlar