
Bugun O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining 1-turiga yakun yasaladi. Markaziy bahslardan biriga Namangandagi bo‘m-bo‘sh stadion mezbonlik qiladi
Bugun O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining 1-tur bellashuvlari o‘z yakuniga etadi. Kun dasturidan 4 ta o‘yin o‘rin olgan.
G‘uzorda "Sho‘rtan" "Neftchi"ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv kunning eng qiziqarli qarama-qarshiligi bo‘lishi kutilmoqda.
"Xorazm" o‘z maydonida "Qizilqum"ni mehmon qiladi. Yana bir to‘qnashuv "Olimpik" va "Zomin" jamoalari o‘rtasida kechadi.
Asosiy uchrashuvlardan biri Namangandagi "Markaziy" stadionda kechib, unda "Navbahor" - "Oq-tepa" o‘yini bo‘lib o‘tadi. Namanganliklarga qo‘llangan intizomiy choraga ko‘ra, ushbu bahs muxlislarsiz o‘tkazilishi belgilangan.
Fikrlar