
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi KXDR bilan o‘ynaydi
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralashi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi. Unda vakillarimizga Koreya Xalq Demokratik Respublikasi raqiblik qiladi.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan 17:00da Laosdagi "Yangi Laos Milliy stadioni"da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, "oq bo‘rilar" Toshkentdagi bahsda KXDRni Jaloliddin Masharipovning yagona goli evaziga mag‘lub etgan edi.
- World - JCH Saralash Osiyo bosqichi
- 3rd Round

Shimoliy Koreya
Tugadi
0
:
1
19.11.2024 17:00

O'zbekiston
- Abbosbek Fayzullaev 44'
Fikrlar