
Bugun O‘zbekiston xalqaro turnirdagi ilk o‘yinini o‘tkazadi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi "Dubai Cup" xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.
Bugun Temur Kapadze shogirdlari dastlabki uchrashuvni o‘tkazadi. Vakillarimizga Saudiya Arabistoni yoshlari raqiblik qiladi. “The Sevens” stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Voqealar rivojini SPORTS.uz sayti orqali kuzatib boring!
Fikrlar