Bugun "Paxtakor" stadioni Markaziy Osiyo derbisini qabul qiladi
20 yillik tanaffusdan keyin "Paxtakor" va "Qayrat" yana o‘rtoqlik o‘yinida to‘qnash keladi.
O‘zbekistonning amaldagi chempioni "sherlar" bugun o‘z maydonida Qozog‘istonning bayroqdori "Qayrat"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00da start oladi.
Toshkentdagi bellashuvdan keyin Almatida javob o‘yinini o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.
Markaziy Osiyo derbisi
"PAXTAKOR" - "Qayrat"
"Paxtakor" stadioni, 17:00
Fikrlar