Bugun ringga ko‘tarilgan 3 nafar bokschimizning janglari nihoyasiga etdi

  • 25 oktabr, 21:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bahrayn davlatining Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Bugungi dasturdan 3 nafar bokschimizning janglari o‘rin olgandi. 

-54 kg vaznda o‘tkazilgan saralash bahsida, Behruzjon Rohataliev xitoylik Zihan Vangni 3:2 hisobida engib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

-60 kg vaznda Ibrohim Shokirjonov iordaniyalik Vesam Vahidini 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

Saidxo‘ja Sadillaxo‘jaev -66 kg vaznda xitoylik Abudujieli Kadierdingdan 5:0 hisobida ustun keldi.

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!