Bugun "Roma" Italiya quyi divizioni vakili bilan o‘ynaydi
Yangi mavsumga Portugaliyada tayyorgarlik olib borgan “Roma” bugun nazorat uchrashuvi doirasida Italiya quyi divizionining “Askoli” klubiga qarshi o‘tkazadi.
“Roma” - “Askoli” uchrashuvi bugun Rimda Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi. Bellashuv yopiq tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi bahsda "bo‘rilar" Frantsiyaning "Nitstsa" klubi bilan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etgandi. Ushbu bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.
Fikrlar