Bugun Shahboz Umarov jamoasi "Dinamo" Kievga qarshi bahs olib boradi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Belarusning BATE klubi Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib bormoqda. Bugun ushbu yig‘in doirasidagi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Bugungi bellashuvda borisovliklarga Kievning "Dinamo" klubi to‘qnash keladi. 

O‘yin Toshkent vaqti bilan 13:10 da start olishi rejalashtirilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!