Bugun Shomurodov gol urmasa bo‘lmaydi: Eldor avvalgi ikkita o‘yinda bu ishni ikki bor uddalagan!
Turkiya Superligasi yettinchi turidan o‘rin olgan bahsda «Konyaspor» o‘z maydonida «Istanbul Boshakshehir»ni qabul qildi. Kurash gollsiz yakunlandi — 0:0, deb xabar beradi Sports.kz.
Mehmon jamoa «Boshakshehir» safida O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi. Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi, yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaev esa o‘yinni zahirada boshladi. U 80-daqiqada Bertug Ozgyur o‘rniga maydonga tushirildi.
Qolgan natijalardan so‘ng «Istanbul Boshakshehir» Turkiya Superligasi jadvalida yetti o‘yindan so‘ng sakkiz ochko jamg‘arib, 11-pog‘onada bormoqda. «Konyaspor» esa shu paytgacha yetti uchrashuvda besh ochko to‘plab, 15-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar