Bugun Shomurodov jamoasi autsayder maydoniga safar qiladi
Bugun Italiya A Seriyasining 34-turi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Legionerimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Spetsiya" safarda "Kremoneze" bilan bellashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 ga belgilangan.
Ma’lumot uchun, ayni damda "Spetsiya" 27 ochko jamg‘argan holda chempionat turnir jadvalida 17-pog‘onada bormoqda. "Kremoneze" esa 21 oko bilan 19-o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, "Atalanta"ga qarshi bahsda Shomurodov golli uzatmani amalga oshirgan edi.
Fikrlar