Bugun Shomurodov yana gol urishi kerak, Fayzullaev esa...
Evropaning kuchli chempionatlari qatoriga qo‘shilib borayotgan Turkiya Superligasining 11-turini “Istanbul Bashakshehir” boshlab beradigan bo‘ldi. Istanbulliklar o‘z maydonida “Kojaelispor” jamoasini qabul qiladi.
“Istanbul Bashakshehir” va “Ko‘jelispor” futbolchilari “Fotih Terim” stadionida bo‘ladigan bu uchrashuvga g‘alaba ruhida kirib kelmoqda. Mezbonlar Eldor Shomurodov va Nunu Da Koshtaning “Antalyaspor” darvozasiga urgan ikkidan goli evaziga besh o‘yinlik g‘alabasiz seriyaga nuqta qo‘ydi, mehmonlar esa, uchta ketma-ket g‘alaba bilan yaxshi formada ekanini namoyish qilmoqda.
O‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodov bu mavsumda “Bashakshehir”ning asosiy o‘yinchisi darajasiga ko‘tarildi va har bir uchrashuvda jamoasiga katta yordam berib kelmoqda. Qolaversa, sermahsul o‘yini tufayli Turkiya chempionatining to‘purarlar bahsida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Eldor “Bashakshehir”ning chempionatdagi o‘nta uchrashuvda urgan jami 11 ta golidan yarmidan ko‘prog‘iga, ya’ni oltitasiga mualliflik qilgan. Bundan tashqari, Superligada bitta assist muallifi ham hisoblanadi. Har holda 10 ta bahsda gol+pas tizimida etti ball jamg‘argani juda yaxshi natija sifatida e’tirof etilmoqda.
Istanbulliklar bosh murabbiy Nuri Shaxin Antalyada qo‘lga kiritilgan yirik g‘alabadan so‘ng mamnunligini bildirib, ayniqsa, ikki gol standart vaziyatlardan kiritilganidan xursandligini aytdi — bu sohada jamoa avval qiynalayotganini tan oldi.
Bu g‘alaba “Bashakshehir” uchun mavsumdagi atigi ikkinchi muvaffaqiyatli natija bo‘ldi, jamoani quyi ligaga tushib ketadigan xavfli zonadan uzoqlashtirib, musobaqa jadvalida 11-o‘ringa ko‘tarildi.
Agar bo‘lajak uchrashuvda Nuri Shaxin shogirdlari yana raqibdan ustun kelsa, jamoa jadvalda yana yuqorilish imkoniga ega bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, turni boshlab beradigan bu ikki jamoa musobaqa jadvalida ketma-ket joylashgan va “Kojaelispor” bir ochko ko‘p jamg‘argan holda bir pog‘ona yuqorida joylashgan.
Transfermarkt portalida qayd etilishicha, “Istanbul Bashakshehir” va “Kojaelispor” o‘zaro o‘n marotaba kuch sinashgan. Uchrashuvlarning katta qismi Turkiya chempionatining birinchi bilasiga to‘g‘ri keladi. Bu musobaqadagi sakkizta uchrashuvdan ikkitasida istanbulliklar zafar quchgan va uchtadan durang va mag‘lubiyat qayd etgan.
2008-2009 yilgi mavsumda Superliga doirasidagi har ikkala bahsda “Istanbul Bashakshehir” 5:2 va 5:0 hisobida g‘alabani nishonlagan.
Ayni paytda raqib jamoada ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bosh murabbiy Selchuk Inoni boshchiligidagi jamoa mavsum boshida yuzaga kelgan qiyinchiliklardan keyin yuqori sport formaga kirdi. “Kojaelispor” chempionatning dastlabki etti o‘yinida g‘alaba qozona olmagandi (2 durang, 5 mag‘lubiyat), ammo so‘nggi uchta uchrashuvda ketma-ket g‘alabalarga erishdi — “Eyupspor” (1:0), “Konyaspor” (3:2) va “Alanyaspor” (2:0).
Eng ta’sirli jihati shundaki, Inoni shogirdlari himoya va hujum o‘rtasida muvozanatni topdi: so‘nggi uchta o‘yinning ikkitasida darvozalarini daxlsiz saqlashdi va olti gol urdilar — bu avvalgi etti o‘yindagi natijadan ikki barobar ko‘p.
Inon matbuot anjumanida jamoasi “yana g‘alaba qozonish uchun yaxshi holatda ekanligini” ta’kidlab, g‘alabalar seriyasini to‘rt o‘yingacha uzaytirish, Superliga tarixida va 2025 yilda ilk bor ketma-ket safardagi o‘yinlardan uch ochkoni olib ketishni maqsad qilib qo‘yganini bildirdi.
Bo‘lajak bahsda “Bashakshehir”ning asosiy quroli Eldor Shomurodov hisoblanadi. O‘zbek hujumchisi bu o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, to‘purarlar poygasidagi mavqeini yanada mustahkamlab olish imkoniga ega.
Bundan tashqari, bu uchrashuvda Shomurodov “Kojaelispor” to‘purarlar bilan duelga kirishadi. Mehmon jamoa safida Bruno Petkovich jarohati sababli maydonga tusholmaydi. Lekin boshqa hujumchi Tayfur Bingyol to‘purarlar poygasida o‘zbek hujumchisiga etib olishga harakat qiladi. Ayni paytda “Kojaelispor”ning har ikki forvardi hisobida to‘rttadan gol bor.
Afsuski, O‘zbekiston milliy terma jamoasining “Bashakshehir”dagi ikkinchi vakili Abbosbek Fayzullaev bu bahsni ham o‘tkazib yuboradi. Xalqaro tanaffus vaqtida terma jamoa o‘yinida shikastlangan 22 yoshli hujumkor futbolchi hali salomatligini va sport formasini to‘liq tiklab olgani yo‘q.
Jamoalarning taxmniy tarkibi esa quyidagicha ko‘rinish oldi:
“Bashakshehir”:
Shengezer; Shaxiner, Opoku, Ba, Operi; O‘zdemir; Brnich, Krespo, Kemen, Sari; Shomurodov
“Kojaelispor”:
Yovanovich; Og‘uz, Balog‘, Smolchich, Jikstil; Linetti, Keyta; Agyey, Boende, Bingyol; Dursun.
“Istanbul Bashakshehir” va “Kojaelisport uchrashuvi 31 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.
Husanovning jarohatdan keyingi birinchi o‘yini qanday baholandi?
Husanov xotirjam bo‘l, o‘rningga keladigan o‘yinchining yo‘li yopildi
Yana qancha gol kerak? Shomurodov endi haqiqiy to‘purarligini isbotlayapti...
Husanov haqidagi xushxabarga qanday reaktsiya bo‘ldi?
Mbappe Shomurodovning o‘yinlarini kuzatyaptimi?
“Manchester Siti”ning Husanov bo‘yicha yakuniy qarori ma’lum bo‘ldi
Fikrlar