Bugun UEFA Chempionlar Ligasining yana 2 ta nimchorak final to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi

UEFA Chempionlar Ligasida nimchorak final bahslari "Barselona" - PSJ (1:4) va "Leyptsig" - "Liverpul" (0:2) o‘yinlari bilan boshlanganidan xabardorsiz. Bugun ushbu bosqichning yana 2 ta bellashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Bularning birinchisi Portugaliyaning "Portu" va Italiyaning "Yuventus" jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lsa, ikkinchi qarama-qarshilik Ispaniyaning "Sevilya" va Germaniyaning "Borussiya" Dortmund klublari o‘rtasida kechadi. 

Har ikkala o‘yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!